Taqriz jarayoni

Taqriz jarayoni

Yosh olimlar forumi: Yangi O'zbekiston uchun yangi g'oyalar ikki tomonlama yopiq taqriz (double-blind peer review) tartibini qo‘llaydi. Bu mualliflar va taqrizchilarning shaxsiyati butun jarayon davomida bir-biriga noma'lum qolishini anglatadi.

Bosqichlar

  1. Dastlabki tekshiruv (1–3 kun) — tahririyat mavzuga moslik, rasmiy talablar, plagiat tekshiruvi (kamida 85% originallik), etik talablar bo‘yicha tekshiradi
  2. Taqrizchilarni tayinlash (2–5 kun) — maqola mavzusi bo‘yicha mutaxassis 2 ta mustaqil taqrizchi tanlanadi
  3. Taqriz (10–14 kun) — standart shakl bo‘yicha baholash: originallik, metodologiya, aniqlik, dolzarblik, etika
  4. Tahririyat qarori (3–7 kun) — taqrizchilar hisoboti asosida: qabul qilish / kichik tuzatishlar / katta tuzatishlar / rad etish
  5. Muallif tomonidan qayta ishlash (so‘ralganida, 7–14 kun)
  6. Yakuniy tahrir va nashr (3–7 kun)

Maqola yuborilgandan to nashrgacha bo‘lgan o‘rtacha davr: 3–6 hafta.

Taqrizchining baholash mezonlari

  • Tadqiqotning originalligi va ilmiy ahamiyati
  • Metodologik asoslilik
  • Natijalar va xulosalarning to‘g‘riligi
  • Ifoda aniqligi va mantiqiy tuzilishi
  • Adabiyotlarning to‘liqligi va to‘g‘ri iqtibos keltirilishi
  • Konferensiya mavzulari va formatiga mosligi

Maxfiylik

Qo‘lyozma va taqriz jarayonining barcha bosqichlari qat‘iy maxfiy hisoblanadi. Taqrizchilar qo‘lyozmadagi ma'lumotlardan o‘z maqsadlari uchun foydalanmasligi va uchinchi shaxslar bilan ulashmasligi shart.


Nashriyot: Innovative Academy RSC

Manzil: 100017, Toshkent, Amir Temur shoh ko‘chasi 120/30, O‘zbekiston Respublikasi

Aloqa: info@in-academy.uz · info@milliyconf.uz · +998 93 569 23 06