XITOY TILIDA RASMIY VA NORASMIY USLUBNING FARQLARINI TAHLIL QILISH, ULARNING LINGVISTIK STRUKTURALARI VA KOMMUNIKATIV MAQSADLARI
DOI:
https://doi.org/10.5281/zenodo.20545907Annotatsiya
Ushbu maqolada xitoy tilida rasmiy va norasmiy uslublarning lingvistik va pragmatik farqlari ilmiy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Xitoy tili o’zining rasmiy va norasmiy uslublari orqali kommunikativ kontekstga mos ravishda tilni qanday ishlatishni taqdim etadi. Maqolada, har ikki uslubdagi so‘z tanlash, sintaksis va fe’l ishlatishdagi farqlar, shuningdek, grammatik va morfologik tuzilmalar ko‘rib chiqiladi. Xitoy tilida rasmiy uslub, odatda, professional, hukumat va ilmiy muhitlarda qo‘llaniladi, shuningdek, hurmat va ijtimoiy mavqei ifodalanadi. Norasmiy uslub esa do‘stlar va oila a’zolari o‘rtasidagi yaqin aloqalarda ishlatiladi, bunda til sodda va samimiy bocladi. Maqola, ushbu farqlarni tushunishning tilshunoslik va madaniy o‘zaro ta’sirlarda qanday ahamiyatga ega ekanligini ko’rsatadi. Bu tadqiqot, xitoy tilini o‘rganayotganlar va tilshunoslar uchun tilning ijtimoiy va pragmatik jihatlarini chuqurroq tushunishga yordam beradi. Tayanch so‘zlar rasmiy uslub, norasmiy uslub, sintaksis, intonatsiya, pragmatik jihat, salomlashish, minnatdorchilik bildirish. Ключевое слово: формальный стиль, неформальный стиль, синтаксис, интонация, прагматический аспект, приветствие, выражение благодарности. Key words formal style, informal style, syntax, intonation, pragmatic aspect, greeting, expressing gratitude. Xitoy tili — o’ziga xos grammatik ifodalar tizimi bilan ajralib turadi. Tilning rasmiy va norasmiy uslubi orasidagi farqlarni tushunish, nafaqat tilni o’rganish jarayonida, balki Xitoyda yashovchi yoki o’zaro aloqada bo’lgan shaxslar uchun ham juda muhimdir. Ushbu maqolada, Xitoy tilidagi rasmiy va norasmiy uslub o’rtasidagi asosiy farqlarni, ular qachon va qanday ishlatilishini tahlil qilamiz.